Barcha loyihalar
Toshkent shahri iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashni yanada yaxshilash (PQM-259)
2023-2024
Buyurtmachi: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar hududiy filiali
2023–2024-yillarda "O‘ZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Toshkent shahri iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashni yanada yaxshilash (PQM-259) loyihasi doirasida muhandislik-loyihalash ishlari amalga oshirildi.
Loyiha elektr ta'minoti tizimining ishonchliligi va uzluksizligini oshirish, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yuklamalarni samarali taqsimlash hamda poytaxt aholisi va sanoat iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.