RAHBARIYAT

Jamiyat rahbariyati

Bosh direktor

Mirsalixov Ravshan Baxodirovich

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba 16:00–18:00

(55) 520-04-04

r.mirsalixov@uzee.uz

Tarjimai hol
2000–2004 yy. – Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabasi

2004–2004 yy. – "Toshtemiryo‘lloyiha" aksiyadorlik jamiyati Loyihalarni avtomatlashtirish guruhi muhandisi

2004–2005 yy. – "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Vagon xo‘jaligi muhandisi

2005–2006 yy. – "O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya" unitar korxonasi muhandisi, 2-toifali muhandisi

2006–2008 yy. – "TEMIR YO‘L TRANS LOGIST" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktor o‘rinbosari

2008–2010 yy. – "EDEM ENERGO INVEST" sho‘ba korxonasi jismoniy iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha menejer-energetigi

2010–2010 yy. – Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi Sergeli tuman elektr tarmoqlari korxonasida jismoniy shaxslar bo‘yicha 1-razryadli nazoratchi

2010–2010 yy. – "ATKINSON TRADE" mas’uliyati cheklangan jamiyati ekspeditori

2010–2011 yy. – "O‘zbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi "Energosotish" filiali jamlanma axborot-tahlil bo‘limi iqtisodchisi

2011–2016 yy. – "O‘zbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi "Energosotish" filiali tashkiliy ishlar bo‘limi yetakchi muhandisi

2016–2016 yy. – "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati "Energosotish" filiali bo‘lim boshlig‘i

2016–2019 yy. – "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati "Energosotish" filiali elektr energiyasi hisobini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

2019–2019 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Elektr energiyasi hisobini va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda muvofiqlashtirish direksiyasi MCHJ korxonalarda elektr energiyasi hisobini va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

2019–2020 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Elektr energiyasi hisobini va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda muvofiqlashtirish direksiyasi MCHJ direktor o‘rinbosari

2020–2021 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi filiali direktor o‘rinbosari

2021–2022 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi filiali direktori

2022–2022 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi filiali elektr energiyasi hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi dasturiy kompleksi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

2022–2024 yy. – "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi filiali direktori

2024–2024 yy. – "O‘zenergoinjiniring" aksiyadorlik jamiyati biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori

2024 y. – hozirgi vaqtgacha – "O‘zenergoinjiniring" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori.
Mas'uliyati
Bosh direktor Jamiyatning kundalik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi. U Jamiyatning shartnoma majburiyatlarini bajarish, tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni tashkil etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, moliyaviy natijadorlikni oshirish hamda dividendlar to‘lanishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.

Shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi hamda o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi.

Bosh direktor Jamiyatning xizmat va tijorat sirlarini himoya qilish, kadrlar siyosatini yuritish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, mehnat intizomini ta’minlash, malakali mutaxassislarni jalb etish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

U xarajatlar smetasi va shtat jadvalini tasdiqlaydi, mehnat muhofazasi va ijtimoiy kafolatlar talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, jamoa shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida majburiyatlarni bajaradi hamda Jamiyat manfaatlarini davlat organlari, tashkilotlar va hamkorlar oldida ifodalaydi.

Bundan tashqari, sifat menejmenti tizimi samaradorligini baholash, strategik maqsadlarni belgilash, vakolatli organlar topshiriqlari va normativ hujjatlar ijrosini nazorat qilish, shuningdek Jamiyat Ilmiy-texnik kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh direktorning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Texnik direktor

Rasulov Abduqahhor Qahramon o'g'li

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba 16:00–18:00

(55) 520-04-04

a.rasulov@uzee.uz

Tarjimai hol
2012–2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti talabasi (bakalavriat bosqichi)

2016–2018 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti talabasi (magistratura bosqichi)

2016–2018 yy. – "SREDAZENERGOSETPROEKT" AJ muhandisi

2019–2019 yy. – "SREDAZENERGOSETPROEKT" AJ 2-toifali muhandisi

2019–2020 yy. – "SREDAZENERGOSETPROEKT" AJ yetakchi muhandisi

2020–2021 yy. – "SREDAZENERGOSETPROEKT" AJ guruh mudiri

2021–2024 yy. – "SREDAZENERGOSETPROEKT" AJ bo'lim boshlig'i

2023–2024 yy. – "SYSTEM INTEGRATOR" MChJ loyiha bosh muhandisi (o'rindoshlik asosida)

2024–2025 yy. – "SILK ROAD ENERGY PLANNING AND ENGINEERING" MChJ QX bosh mutaxassisi

2025–2025 yy. – "SILK ROAD ENERGY PLANNING AND ENGINEERING" MChJ QX bo'lim mudiri

2025 y. – h.v. – "O'ZENERGOINJINIRING" AJ texnik direktori
Mas'uliyati
Mas'uliyat va asosiy vazifalar

Texnik direktor Jamiyatning texnik siyosatini amalga oshirish, loyiha va muhandislik faoliyatini muvofiqlashtirish hamda texnik rivojlanish strategiyasini shakllantirish uchun javobgar hisoblanadi. U elektr energetikasi obyektlarini loyihalash, texnik yechimlarni ishlab chiqish, loyiha hujjatlarining sifati va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlaydi.

Texnik direktor loyihalash va muhandislik bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish choralarini ko‘radi, texnik standartlar va sifat talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

U investitsion va infratuzilmaviy loyihalarni texnik jihatdan ekspertizadan o‘tkazish, loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish, texnik tavakkalchiliklarni baholash hamda texnik yechimlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Texnik direktor ishlab chiqarish jarayonlari, loyiha va qurilish-montaj ishlarida texnik intizomga rioya etilishini nazorat qiladi, texnik xavfsizlik va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Jamiyat Ilmiy-texnik kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, texnik xodimlarning malakasini oshirish va korxonaning texnik salohiyatini rivojlantirish Texnik direktorning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor

Oripov Xondamir Tal’atovich

Qabul kunlari: Chorshanba, Juma 16:00–18:00

(55) 520-04-04

x.oripov@uzee.uz

Tarjimai hol
2016–2022 yy. – “Blue Bell Global Venture” MCHJ XK bosh direktor o‘rinbosari

2019–2022 yy. – “Quanto Servicing” kompaniyasida iqtisodiyot va moliya bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2022–2023 yy. – “REDD Dynamics” kompaniyasida iqtisodiyot va moliya bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2023–2024 yy. – “REDD Dynamics” kompaniyasi direktori

2024 y. – h.v. – “O‘zenergoinjiniring” AJ biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori
Mas'uliyati
Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jamiyatning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi biznes imkoniyatlarini aniqlash hamda investitsion jozibadorlikni oshirish uchun mas'ul hisoblanadi. U biznesni rivojlantirish strategiyasini shakllantiradi, istiqbolli loyihalarni tahlil qiladi va ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Direktor mahalliy va xorijiy investorlar, moliyaviy institutlar hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, yangi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, biznes-rejalar, investitsion takliflar va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, korporativ rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, bozor tahlilini olib borish va yangi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash uning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jamiyatning raqobatbardoshligini oshirish, xizmatlar va loyihalar portfelini kengaytirish, korporativ hamkorlikni rivojlantirish hamda strategik maqsadlarga erishish uchun zarur tashkiliy va boshqaruv choralarini ko‘radi.