Barcha loyihalar
“Tuzel” va “Yangi Tuzel” podstansiyalarini modernizatsiya qilish
2026
+3
“O‘zenergoinjiniring” AJ Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Tuzel” va “Yangi Tuzel” podstansiyalarini modernizatsiya qilish loyihasida injiniring va loyihalash kompaniyasi sifatida ishtirok etdi.
Podstansiyalarda keng ko’lamli modernizatsiya amalga oshirildi. Zamonaviy yopiq turdagi elektr uskunalari va ilg’or texnik yechimlar joriy etildi, transformatorlar quvvati oshirildi hamda asosiy elektr infratuzilmasi yangilandi.
Amalga oshirilgan yechimlar Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanida elektr ta’minotining ishonchliligi, barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, ular hududda o’sib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan talab uchun mustahkam poydevor yaratadi.
“O’zenergoinjiniring” uchun ushbu loyiha muhim energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishda muhandislik tajribamiz qo’llanilganining navbatdagi namunasidir.