Barcha loyihalar
Urgut EIZ hududida 220 kV elektr uzatish tarmog‘i va yangi 220 kV podstansiya qurilishi
2023
+5
Buyurtmachi: "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali
"O‘ZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida 220 kV elektr uzatish tarmog‘ini qurish hamda quvvati 2×125 MVA bo‘lgan yangi 220 kV podstansiyani barpo etish loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha "Mergancha" va "Sariqtepa" massivlarida joylashgan iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash ishonchliligini oshirishga qaratilgan. Yangi podstansiya va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i hududning elektr ta'minoti tizimini mustahkamlash, yuklamalarni samarali taqsimlash hamda kelgusidagi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur energetik infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.